12:27 / 07.03.2022
24385

Qoraqalpog‘istonda tuman hokimi yordamchisi hokim bo‘ldi

Foto: Mo‘ynoq tumani hokimligi

Menglibekov Baxtiyar Bekmurzayevich Mo‘ynoq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Mo‘ynoq tumani hokimligi xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar B.Menglibekov Mo‘ynoq tumani “Madeli” ovul fuqarolar yig‘inidagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2019 yildan shu vaqtga qadar Mo‘ynoq tumani hokimi lavozimida ishlagan Yerpolat Yedenbayev qanday ishga o‘tgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Bundan oldin Qoraqalpog‘istonda Ichki ishlar vaziri o‘zgargandi.

Mavzuga oid
Top