15:12 / 07.03.2022
17748

Neft narxi tarixiy rekordga yaqinlashdi

Narx oshishiga AQSh Yevropadagi ittifoqchilari bilan Rossiya nefti importidan voz kechishni muhokama qilayotgani to‘g‘risidagi xabar sabab bo‘ldi.

AQSh Rossiyadan neft importini taqiqlashi mumkinligi haqidagi xabarlardan so‘ng 7 mart kuni bir barrel neft narxi qariyb 140 dollarga yetdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 139 dollargacha ko‘tarilgan. 

Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Qo‘shma Shtatlar Yevropadagi ittifoqchilari bilan Rossiya nefti importidan voz kechishni muhokama qilayotganini aytgandi. 

Bloomberg agentligi manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Yevropa ishtirokisiz ham neftga embargo qo‘yishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh neft importining 3 foizga yaqini Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.

JPMorgan Chase & Co tahlilchilari yil oxiriga borib Brent narxi 185 dollarga yetishi mumkin deb hisoblamoqda.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top