16:14 / 08.03.2022
15983

JIDU qoshidagi litseyga direktor tayinlandi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Mannopova Oydinxon Sultonaliyevna Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti Akademik litseyi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Oydinxon Mannopova – 1998 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali diplomat.

U ikki tomonlama va ko‘ptomonlama hamkorlik boshqarmalarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi (2007-2011, 2014-2015) va Qozog‘iston Respublikasi (2018-2022)dagi elchixonalarida diplomatik va konsullik vazifalarini bajargan.

Mannopova – Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasini tamomlagan, siyosiy fanlar nomzodi.

Mavzuga oid
Top