20:00 / 09.03.2022
51549

UzAuto Motors avtomobil kuzoviga nima sababdan suv kirishini tushuntirdi

«UzAuto Motors» ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan foto va video materiallarga e’tiborli bo‘lishni so‘ramoqda

Foto: UzAuto Motors

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil ishqibozlari avtomobilining korpusi suvga to‘layotganligi haqidagi shikoyatlari bilan murojaatlar qilishmoqda.

Videomurojaatdan ko‘rinib turibdiki, suv salon ichiga tushib, avtomobil gilamchalari ostida to‘plangan. Yangi avtomobilning salonida suv to‘planishiga avtomobil korpusi texnik teshiklarining demontaj qilinganligi sabab bo‘lgan.

Foto: UzAuto Motors

Avtomobil modeliga qarab texnik teshiklar transport vositasining pastki qismida yoki dvigatel panelida joylashgan bo‘ladi. Ularning har biri zavodning qopqoqlari bilan mahkamlangan.

Ko‘p hollarda texnik teshiklarning demontaji tashqi qurilmalar, masalan, videoregistratorlarni o‘rnatish paytida yuzaga keladi. Tashqi qurilmalarni o‘rnatishda ishonchli bo‘lmagan yoki noprofessional mutaxassislar teshiklarga zarar yetkazishi mumkin yoki qopqoqlashni butunlay unutib qo‘yishadi. Natijada esa, tananing zichligi buziladi va salon ichki qismiga osonlik bilan suv kirishiga olib keladi.

Foto: UzAuto Motors

Yangi avtomobilingizda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va muammoni bartaraf etaman deb qo‘shimcha muammolarni yuzaga keltirmaslik uchun faqat sertifikatlangan xizmat ko‘rsatish markazlariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Avtomobil ishlab chiqarish jarayonida salonga suv kirmasligi uchun avtomobil kuzovi turli xildagi himoya vositalari va moslamalar bilan ta’minlangan:

Avtomobilning kuzov va korpus qismlarini ishlab chiqarishda zichlik va shovqin sezdirmaslik uchun ovoz izolyatsiyasi ishlatiladi.

Suvning salon ichki qismiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, avtomobil kuzovlarini bo‘yashdan oldin, texnologik teshik joylarida maxsus plomba va rezina tiqinlar o‘rnatiladi.

Avtomobillarni yig‘ishda, aynan elektr simlarni o‘rnatish jarayoni dvigatel qismi va korpuslar orasida, pastki qismidagi g‘ildirak arkalarida tashqaridan salonga o‘tish teshiklari himoya rezinasi bilan qoplangan.

Avtomobil tayyor bo‘lganda, uning suvga chidamliligi maxsus suv o‘tkazmaydigan dush xonasida injyektorlar yordamida yuqoridan, pastdan, umuman har tomonlama suv bosimi bilan sinovdan o‘tkaziladi.

UzAuto Motors korxona mahsuloti sifati bo‘yicha «call-markaz»ga yoki rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qilishni maslahat beradi.

Albatta, anonim postlar asosida kompaniyaning nosozliklarni bartaraf etish uchun tezkor choralar qabul qilishi murakkabroq, chunki bunda muloqot qiluvchi shaxsni topish imkoniyati bo‘lmaydi.

Foto: UzAuto Motors

«UzAuto Motors» mahsulotiga oid barcha masalalarning jadal hal qilinishi uchun mijozlardan bevosita kompaniyaning o‘ziga va uning dilerlariga murojaat qilish jarayonni tezlashtiradi. Qolaversa, bu «UzAuto Motors»ga ishlab chiqarishdagi va dilerlik markazlaridagi tizimli muammolarni aniqlash imkonini beradi.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchining standart yo‘riqnomalariga ko‘ra, oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirishdan oldin, dilerlar, mijoz huzurida avtomobilni ko‘zdan kechirish kerakligini e’tiborga olish zarur. Ushbu taomil shartnomani rasmiylashtirishdan oldin to‘liq jihozlanganligini tekshirish, shuningdek, avtomobilga kafolatli xizmat ko‘rsatish shartlarini o‘rganib chiqish imkonini beradi.

Shu munosabat bilan, kompaniya xaridorlarini ushbu taomilga e’tiborli bo‘lishga chaqiradi.

Foto: UzAuto Motors

«UzAuto Motors» uchun har bir mijozning xavfsizligi va qulayligi muhim. Biz ehtimoliy shikastlanishlar haqidagi foto va video axborotni taqdim etayotgan faollarga minnatdorlik bildirib, iste’molchilar manfaatlari yo‘lida, ularning kontaktlari kompaniya mutaxassislariga tezkor chora ko‘rish uchun taqdim etiladi, deb umid qilamiz.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda «UzAuto Motors» kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib keladi. Ushbu hamkorlik doirasida «UzAuto Motors» mahsuloti iste’molchilaridan MQKQga kelib tushayotgan barcha murojaatlarga oid ma’lumotlar, ularni tezkor hal etish uchun taqdim etish uchun kompaniyaga taqdim etilmoqda.

«UzAuto Motors» kompaniyasi mijozlarning mahsulot sifatiga oid har qanday fikriga, u xoh kol-markazga, xoh dilerlik markaziga murojaat bo‘lishidan qat’i nazar e’tibor bilan yondashadi.

Albatta, anonim postlar bilan bog‘liq holatda kompaniyaning nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora ko‘rishi qiyinroq, chunki murojaat etuvchi shaxsni topishning imkoni yo‘q.

Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors mahsulotiga aloqador barcha masalalarni zudlik bilan hal etish uchun mijozlardan kompaniya yoki uning dilerlariga murojaat qilishni so‘raymiz va bu, shubhasiz jarayonni tezlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu UzAuto Motors’ga ishlab chiqarish hamda dilerlik markazlari ishidagi tizimli muammolarni aniqlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchining standart ko‘rsatmalariga muvofiq, oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirishdan oldin dilerlar mijozning ko‘z-o‘ngida avtomobilni sotishdan oldin yana bir ko‘zdan kechirishi kerak. Bu amaliyot mijozga avtomobilni rasmiylashtirishdan uning jihozlanganini baholash va kafolatlangan xizmat ko‘rsatish shartlari bilan tanishish imkonini beradi. Shu munosabat bilan kompaniya xaridorlardan mazkur jarayonga e’tibor bilan yondashishni so‘raydi.

Biz ehtimoliy nosozlik yoki kamchiliklar to‘g‘risida foto va video axborotlarni yetkazayotgan faollarga minnatdorlik bildiramiz va iste’molchilarga foydali bo‘lishi nuqtai nazaridan, ularning kontakt ma’lumotlari kompaniya mutaxassislariga tezkor chora ko‘rish uchun taqdim etiladi, degan umiddamiz.

«UzAuto Motors» iste’molchilarga kompaniyaning avtorizatsiyadan o‘tgan dilerlariga yoki rasmiy aloqa kanallari orqali murojaat qilishni tavsiya etadi:

Call-markaz: +998 (78) 141-77-77

Facebook: @UzAutoMotorsOfficial

E-mail: info@uzautomotors.com

Reklama huquqi asosida

Top