Samarqand viloyati hokimligi tuzilmasida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Viloyat hokimi qarori bilan Zebiniso Rahmonova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Zebiniso Rahmonova 1969 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan, 1991 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Z. Rahmonova biologiya fanlari nomzodi, dotsent. U Samarqand davlat universitetining pedagogika fakulteti dekani lavozimida ishlagan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 18 maydagi buyrug‘i bilan Samarqand davlat universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimovning hozirgi vaqtda 9 nafar o‘rinbosari bor.
Ular:
- Jamshid O‘roqov – viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i;
- Akmal Shukurov – viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
- Oybek Xo‘jayev – viloyat hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i;
- Feruz Obilov – viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
- Rustam Qobilov – viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i;
- Xurshid Ochilov – viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
- Dilshod Mamatqulov – viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;
- Isroil Jabborov – viloyat hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i;
- Jamshid Haydarov – viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari.