07:25 / 10.03.2022
6445

«Aqlli» gaz hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari qachon yakunlanishi aytildi

Respublika bo‘yicha gaz hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari noyabr oyiga qadar yakunlanadi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, respublika aholi xonadonlariga 3 mln 546 ming 148 dona “aqlli” gaz hisoblagich o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 8 mart holatiga 2 mln 681 ming 088 ta hisoblagich o‘rnatilgan. 

Xususan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 155 029 dona (64 foiz);
  • Andijon viloyatida — 205 985 dona (93 foiz);
  • Buxoro viloyatida — 210 539 dona (80 foiz);
  • Jizzax viloyatida — 138 526 dona (96 foiz);
  • Qashqadaryo viloyatida — 127 994 dona (85 foiz);
  • Navoiy viloyatida — 109 510 dona (82 foiz);
  • Namangan viloyatida — 174 537 dona (106 foiz);
  • Samarqand viloyatida — 177 722 dona (63 foiz);
  • Surxondaryo viloyatida — 92 080 dona (85 foiz);
  • Sirdaryo viloyatida — 110 326 dona (104 foiz);
  • Toshkent viloyatida — 546 617 dona (92 foiz);
  • Farg‘ona viloyatida — 218 455 dona (73 foiz);
  • Xorazm viloyatida — 161 587 dona (72 foiz);
  • Toshkent shaharda — 192 181 dona (31 foiz) gaz hisoblagich o‘rnatib bo‘lindi.

Respublika bo‘yicha gaz hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari joriy yilning noyabr oyiga qadar yakunlanadi.

Top