14:32 / 10.03.2022
11843

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Dinora Yoqubova Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

D. Yoqubova 1970 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1994 yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan.

Dinora Yoqubova mehnat faoliyatini 1987 yilda Kosonsoy tumanida bog‘cha tarbiyachisi sifatida boshlagan.

1990-1997 yillarda xalq ta’limi tizimida o‘qituvchi, 2004-2006 yillarda Kosonsoy yengil sanoat kasb-hunar kollejida uslubchi, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2012-2017 yillarda Namangan muhandislik texnologiya instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi direktori, 2017-2020 yillarda Kosonsoy tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i, 2020-2021 yillarda Kosonsoy tumani hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, 2020-2021 yillarda Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar Namangan viloyati Ishga marhamat mono markazi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Top