18:32 / 11.03.2022
7935

Fevral oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Fevral oyida eng ko‘p nikoh holatlari Samarqand viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning fevral oyida respublika bo‘yicha 17 824 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 1 478 taga ko‘p.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 1883 ta. Keyingi o‘rinlardan 1882 ta nikoh qayd etilgan Qashqadaryo viloyati va 1658 ta nikoh kuzatilgan Xorazm viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 1427 ta 
  • Andijon viloyati – 1314 ta
  • Buxoro viloyati – 1153 ta
  • Jizzax viloyati – 663 ta 
  • Navoiy viloyati – 449 ta 
  • Namangan viloyati – 1042 ta 
  • Surxondaryo viloyati – 1558 ta
  • Sirdaryo viloyati – 383 ta
  • Toshkent viloyati – 1424 ta
  • Farg‘ona viloyati – 1538 ta 
  • Toshkent shahri – 1450 ta
Mavzuga oid
Top