21:36 / 11.03.2022
22338

Lukashenko: “Ukrainaning Belarusga hujum qilish rejasi bo‘lgan”

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina Belarusga hujum qilishni rejalashtirganini iddao qildi. Bu haqda u Kremlda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvda aytdi.

Foto: Belarus prezidenti axborot xizmati.

“Vaqt o‘tgan sayin odamlar biz ularga hujum qilmaganimizni tushunib yetishyapti. Hozir sizga Belarusga qayerdan hujum qilishga tayyorlanishganini ko‘rsataman. Agar operatsiya boshlanishidan olti soat oldin Rossiya tomonidan ogohlantiruvchi zarbalar berilmaganda, Ukraina Belarusda bizning va Rossiya askarlari birgalikda mashg‘ulot o‘tkazayotganda ularga hujum qilgan bo‘lardi”, dedi Lukashenko.

Uning aytishicha, Putin bilan uchrashuvga Belarusga hujum rejasi aks etgan xarita bilan borgan.

Lukashenkoning fikricha, yil oxiriga borib odamlar Ukrainadagi mojaro haqida unutadi. G‘arb tomonidan qo‘llanilayotgan sanksiyalarni esa Lukashenko jirkanch deb atadi.

Belarus prezidenti mojaroni kim boshlagani haqida ham gapirdi: “Bizning vijdonimiz toza”, dedi u. Lukashenkoning hisoblashicha, Ukrainadagi mojaroni Rossiya va Belarus boshlamagan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top