13:55 / 11.03.2022
15602

Rossiya Markaziy banki yangi valuta cheklovlarini joriy qildi

Foto: RIA Novosti

Rossiya Markaziy banki 10 martdan 10 sentyabrga qadar rezident yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarga o‘z hisobvaraqlaridan 5 ming dollardan ortiq miqdorda naqd valuta (dollar, iyena, funt sterling, yevro) yechib olishga taqiq joriy qildi.

Agar tadbirkorga 5 ming dollardan ortiq mablag‘ zarur bo‘lgan taqdirda, tijorat banklarining regulyatorga murojaati bilan ushbu summa oshirilishi mumkin.

Xorijiy kompaniyalar va norezident tadbirkorlar esa 10 sentyabrgacha hisobvaraqlar va omonatlardan naqd shaklda dollar, yevro, iana yoki funt sterling ololmaydi.

Shuningdek, norezidentlar boshqa valutalarni o‘z hisoblaridan bozor kursida cheklovlarsiz yechib olishlari mumkin.

Avvalroq, 2022 yil 9 martdan 9 sentyabrga qadar Rossiya banklari mijozlari o‘z hisobidagi 10 ming dollardan ortiq bo‘lmagan mablag‘larni yechib olishi mumkinligi, qolgan qismini esa rublda olishiga ruxsat berilgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top