09:13 / 12.03.2022
12652

Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi

Foto: Kun.uz

Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, bugun, 12 mart kuni soat 9:00 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Bildirilishicha, ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Qamchiq dovoni qayta ochilishi bo‘yicha FVV matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etishi aytilgan.

Mavzuga oid
Top