10:27 / 13.03.2022
15754

«Paxtamizning rangi oq edi, lekin «qora» bo‘lib yurdi» - prezident boykot bekor bo‘lgani haqida

Shavkat Mirziyoyev Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilganiga munosabat bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida o‘zbek paxtasidan boykot olingani haqida gapirdi.

«Necha yillardan beri manfaat qilmadik. Paxtamizning rangi oq edi, lekin «qora» bo‘lib yurdi. Biz buning uchun qancha qiynaldik. Agar siyosiy iroda bo‘lmaganida shu narsalar bo‘larmidi? Lekin bu — kurash. Kecha televizorda ko‘rsatdi, qadriga yetgan odam xursand bo‘lib yig‘ladi. Millatimizning qiymati bu. Yana bir bor aytaman, shu vaqtgacha paxtamizning rangi oq edi, lekin «qora» bo‘lib yurdi. Shunga qaramasdan qancha ishlar qildik?» deydi davlat rahbari.

  • Ma’lumot uchun, 2009 yildan buyon paxta terimi mavsumida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilgani bois O‘zbekiston paxtasi xalqaro jamoatchilik tomonidan «qora ro‘yxat»ga kiritilgan, yetakchi ishlab chiqaruvchilar O‘zbekiston paxtasini boykot qilgan edi. 2022 yil 10 mart kuni Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykotni bekor qildi.
Mavzuga oid
Top