12:52 / 13.03.2022
10845

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Bunga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

IIV YHXBBning xabar berishicha, 2022 yil 13 mart kuni soat 6:30 larda M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi 11-kilometrida yuk mashinasi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1989 yilda tug‘ilgan haydovchi E.Q. DAF rusumli yuk mashinasida harakatlanib borayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darilgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Faqat og‘ir yuk ortib ketayotgan yuk mashinasiga  zarar yetgan.

Holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top