19:34 / 14.03.2022
10497

Navro‘z munosabati bilan ichki sayohat uchun qator chegirmalar e’lon qilindi

Foto: KUN.UZ

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 2022 yil 19-23 mart kunlari ichki turizm yo‘nalishidagi sayohatlar uchun qator chegirmalar joriy qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Unga ko‘ra,

«1. “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Respublika aholisi uchun ichki respublikalararo qatnovlarga barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma joriy qilindi. (2022 yil 03 mart 6.2.2-2021-1.14-sonli xat):

2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun:

  • – nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun – 50 foiz;
  • – oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;
  • – oilalarga (ikki va undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, er yoki rafiqasi va
  • 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) uchun – 15 foiz;
  • – kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun – 15 foiz;
  • – “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilar     uchun - 10 foiz chegirmalar joriy qilindi (2022 yil 10 mart 01/22-sonli xat).

3. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlariga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar joriy qilindi. (2022 yil 4 martdagi 111-sonli xat);

Shu bilan birga, respublika bo‘ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar hamda rejalashtirilgan tadbirlar, Ichki turizm yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxati ilovaga muvofiq yuborilmoqda», – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ushbu chegirmalar O‘zbekiston Prezidentining «2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni, shuningdek «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Top