18:39 / 15.03.2022
23644

Poroshenko milliarder maqomini yo‘qotdi

Pyotr Poroshenkoning boyligi 700 mln dollar deb baholanmoqda.

Foto: AP

Forbes jurnali milliarderlarning yangi reytingini e’lon qildi. Urush oqibatida ukrainalik milliarderlarning boyligi miqdori sezilarli darajada kamaygan.

Eng boy ukrainaliklar ro‘yxatida Rinat Axmetov 4,2 mlrd dollar boyligi bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ammo fevral oyi bilan taqqoslaganda Axmetov 9,5 mlrd dollar yo‘qotgan.

Grammarly hammuassislari Aleksey Shevchenko va Maksim Litvin ro‘yxatda Kanada fuqarolari sifatida ko‘rsatilgan. Forbes ularning har birining boyligini 4 mlrd dollardan deb baholagan.

Viktor Pinchukning boyligi 2,6 mlrd dollardan 1,9 mlrd dollarga kamaygan.  

Konstantin Jyevago 0,8 mlrd dollar yo‘qotib, 1,3 mlrd dollar bilan 5-o‘rinda joylashdi.

Vadim Novinskiy (1,3 mlrd), Vlad Yatsenko (1,1 mlrd), Gennadiy Bogolyubov (1,1 mlrd) va Igor Kolomoyskiy (1 mlrd) hozircha milliarderlar deb hisoblanmoqda. 

Aleksandr va Galina Geregi hamda Pyotr Poroshenko milliarder maqomini yo‘qotdi.

Top