21:10 / 15.03.2022
9365

Xiaomi xalqaro bozor uchun mo‘ljallangan flagman smartfonlarini taqdim etdi

Asosiy model hisoblanuvchi Xiaomi 12 Pro smartfoni Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va 6,73 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan bo‘lib, har biri 50 Mp bo‘lgan uchta kameraga ega.

Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi xalqaro bozor uchun mo‘ljallangan Xiaomi 12, Xiaomi 12 Pro va Xiaomi 12X smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi.

Asosiy model hisoblanuvchi Xiaomi 12 Pro smartfoni Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va 6,73 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan.

Unga har biri 50 Mp bo‘lgan uchta kamera o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi 4600 mAs.

Xiaomi 12 sal oddiyroq – uning ekrani 6,3 dyuymga teng. U 50, 13 va 5 Mp bo‘lgan uchta kamera bilan jihozlangan. Sig‘imi 4500 mAs bo‘lgan akkumulyatori simli va simsiz quvvatlanadi.

Xiaomi 12X esa 12-model bilan bir xil, faqat unga Snapdragon 870 protsessori o‘rnatilgan va simsiz quvvatlanish xususiyati yo‘q.

Xiaomi 12X 650 dollar, Xiaomi 12 Pro esa 1000 dollar deb baholanmoqda.

Top