«Uzbekistan Airways» Toshkent va Frankfurt o‘rtasidagi reyslar sonini haftasiga uch martagacha oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, 2022 yil 2 apreldan Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni oshiriladi.
Ma’lum qilinishicha, muntazam aviaqatnovlar dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Bundan oldin, O‘zbekistonda mahalliy aeroportlarni mintaqaviy tranzit habiga aylantirish choralari belgilangandi.