21:18 / 18.03.2022
37350

Bahodir Jalolov professional boksdagi 10-g‘alabasiga erishdi

Foto: worldboxing

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tgan Probellum Dubai boks kechasida Bahodir Jalolov professional boksdagi 10-jangini o‘tkazdi. 

Jangdan avval Jalolov tarozida 116 kg tosh bosgan bo‘lsa, Sokolovski 109 kg chiqdi. O‘zbekistonlik 27 yoshli Olimpiada chempioniga bu bahsda polshalik Kamil Sokolovski raqiblik qildi. 8 raunddan iborat jangda Jalolov 5-raundda raqibini chap qo‘lda yo‘llagan zarbasi evaziga ringga qulatdi va texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik og‘ir vaznli bokschi uchun bu ketma-ket 10-g‘alaba bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, Jalolov professional boksdagi so‘nggi jangini dekabr oyida kolumbiyalik Xulio Tsezar Kalimenoga qarshi o‘tkazib, ilk raunddayoq nokaut bilan g‘alaba qozongandi. Kamil Sokolovski esa so‘nggi jangini shvetsiyalik Otto Vallinga qarshi fevralda o‘tkazib, o‘sha jangda ham mag‘lub bo‘lgan.

Top