22:42 / 24.03.2022
18186

«Katta yettilik» va YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishga kelishib oldi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi bu choralarni «iqtisodiy urush» deb atadi.

Foto: Doug Mills/The New York Times via AP, Pool

«Katta yettilik» mamlakatlari va Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘plami borasida kelishib oldi, deb xabar berdi «Yevronyus».

Xabarda aytilishicha, AQSh Rossiya Davlat dumasi deputatlari hamda qator yirik mudofaa va moliya tashkilotlari rahbarlarini qora ro‘yxatga kiritishini e’lon qildi. Bundan tashqari, Rossiya markaziy bankiga aloqador bo‘lgan oltin bilan bog‘liq har qanday kelishuvlarga nisbatan sanksiya qo‘llaniladi.

London ham o‘nlab shaxslar va tashkilotlarni qora ro‘yxatga kiritdi. 

«Katta yettilik» va Yevroittifoq yetakchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning buzilishi holatlari bo‘yicha ma’lumot almashishga ham kelishib oldi. 

Rossiya tashqi ishlar vazirligi bu choralarni «iqtisodiy urush» deb atadi. Moskvaning bildirishicha, Amerika sanksiyalari Rossiya va AQSh munosabatlarini butunlay yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top