07:32 / 26.03.2022
9635

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Foto: DYHXX

2022 yil 25 mart kuni soat 16:15 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko‘chasidagi avtomobil ko‘prigi ustida, oraliq masofani saqlamaslik oqibatida haydovchilar:

1) 1995 yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi "Nexia-2" rusumli;
2) 1970 yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvidagi "Captiva" rusumli;
3) 1998 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi "Vaz-11184" rusumli;
4) 1958 yilda tug‘ilgan O.I. boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli;
5) 1990 yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomobillar oldinma-ketin to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilgan holda, oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi IIV rasmiy xabarida.

Top