16:13 / 27.03.2022
6709

Toshkentda ShHT bilan hamkorlikda Navro‘z xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi 

Bugun, 27 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yengil atletika federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Navro‘z” IV Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi.

Marafonning start va finish chiziqlari Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorraxasida, «Humo Arena» sport saroyi oldida joylashib, ishtirokchilar poytaxtning Nukus, Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalari bo‘ylab yugurishdi. 

Musobaqa turli masofalarda, jumladan, klassik (42 km 195 m), yarimmarafon (21 km 97,5 m), 10 va 3 km masofalarda o‘tkazildi. Unda professional sportchilar va havaskorlar birgalikda bahs olib borishdi. Marafonning umumiy mukofot jamg‘armasi 138 mln so‘mni tashkil etdi. 

Musobaqada Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo 18ta davlatdan jami 2200dan ziyod sportchilar ishtirok etdi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan sportchilar ham alohida toifada yugurish bahslarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu marafon 2022 yil sentyabrida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ShHT sammiti dasturiga kiritilgan tadbirlar qatoriga kiradi.

Quyida g‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
Marafon (42 km 195 m)
Erkaklar:

1. Ilya Tyapkin (Qirg‘iziston) – 2:21,42
2. Zakirillo Mamatqulov (O‘zbekiston, Farg‘ona) – 2:22,05
3. Vladislav Mamedov (O‘zbekiston, Toshkent vil.) – 2:23,18

Ayollar:
1. Gulshanoy Sattorova (Qirg‘iziston) – 2:34,50
2. Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) – 2:39,28
3. Tamilla Qo‘chqorova (O‘zbekiston) – 3:11,23

Yarim marafon
Erkaklar:

1. Nursulton Keneshbekov (Qirg‘iziston) – 1:04,28
2. Shohruh Davlatov (O‘zbekiston, Surxondaryo) – 1:04,40
3. Otabek Toshquvvatov (O‘zbekiston, Samarqand) – 1:07,58

Ayollar:
1. Aziza Mirzaakbarova (O‘zbekiston, Andijon) – 1:15,20
2. Mariya Korobitskaya (Qirg‘iziston) – 1:16,47
3. Sitora Qurbonova (O‘zbekiston, Farg‘ona) – 1:24,43

10 km masofaga yugurish
Erkaklar:

1. Bekzod Boymatov (Surxondaryo) – 35:03
2. Otabek Fayzullayev (Surxondaryo) – 35:47
3. Azizbek Nasimov (Samarqand) – 36:26

Ayollar:
1. Dilnoza Usmonova (Andijon) – 43:29
2. Go‘zal Muhammadvaliyeva (Namangan) – 44:22
3. Farida To‘lqinbekova (Andijon) – 44:53

Top