01:46 / 30.03.2022
21368

Fernandeshning dubli Portugaliyaga JCh yo‘llanmasini keltirdi, Polsha Shvetsiyani mundialsiz qoldirdi

Foto: UEFA

Yevropa qit’asidan Qatarda o‘tadigan jahon chempionatida qatnashadigan yana ikki jamoa ma’lum bo‘ldi.

Pley-off finalida Portugaliya Fernandeshning dubli evaziga Shimoliy Makedoniyadan ustun kelgan bo‘lsa, Levandovski va Zelinski Polshaga Shvetsiya ustidan g‘alaba keltirishdi.

Shu tariqa Yevropadan jahon chempionatiga chiqish uchun yana bir o‘rin qoldi. Bu yo‘llanma siyosiy sabablar tufayli iyunda aniqlanadi: Uels Shotlandiya-Ukraina juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi. 

JCh-2022 saralashi. Yevropa
Pley-off. Final. 29 mart

Portugaliya — Shimoliy Makedoniya 2:0
Gollar
: Fernandesh (32, 65). 
Portugaliya – Koshta, Kanselu, Pepe, Danilu, Mendesh, Moutino (Vitinya, 90+1), Fernandesh (Nunesh, 87), Silva (Felish, 87), Otavio (Karvalyu, 77), Ronaldu, Jota (Leau, 77). 
Shimoliy Makedoniya – Dimitriyevski, Ristovski, Velkoski, Musliu, Alioski, Nikolov, Ademi, Bardi, Kostadinov (Ashkovski, 75), Elmaz (Nikolov, 87), Traykovski (Churlinov, 59), Ristovski (Miovski, 46).
Ogohlantirishlar: Kanselu (68), Musliu (68), Alioski (74).

Polsha — Shvetsiya 2:0
Gollar:
Levandovski (49, penalti), Zelinski (73).
Polsha – Shchensni, Glik, Bednarek, Bereshinski, Zelinski (Buksa, 89), Shimanski, Belik, Guralski (Krixovyak, 46), Moder, Kesh, Levandovski. 
Shvetsiya – Olsen, Kraft, Danielsson (Ibrahimovich, 79), Lindelyof, Augustinsson, Kulusevski, Forsberg, Karlstrem (Svanberg, 67), Olsson (Karlsson, 80), Kvayson (Elanga, 66), Isak.
Ogohlantirishlar: Guralski (38), Moder (51), Levandovski (77), Belik (80), Isak (80), Kulusevski (90+2).

Top