20:23 / 30.03.2022
10533

Jahon banki Afg‘onistondagi 600 mln dollarlik loyihalarni muzlatib qo‘ydi

Bank toliblar hukumatining qizlarning o‘rta maktab va litseylarda ta’lim olishlarini cheklash to‘g‘risidagi qaroriga javoban ana shunday yo‘l tutdi.

Foto: Reuters

Jahon banki Afg‘onistondagi qiymati 600 mln dollarlik loyihalarning amalga oshirilishini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi.

Bank toliblar hukumatining qizlarning o‘rta maktab va litseylarda ta’lim olishlarini cheklash to‘g‘risidagi qaroriga javoban ana shunday yo‘l tutdi.

«Bank Afg‘onistondagi 600 mln dollarlik to‘rtta loyihani vaqtinchalik to‘xtatadi. Gap ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalar haqida bormoqda», - deyiladi Jahon banki xabarida. 

23 mart kuni «Tolibon» hukumatining ta’lim vazirligi qizlar uchun boshlang‘ich sinflar ochilishini, ammo o‘rta ta’lim bo‘yicha qaror qabul qilinmaganini bildirgandi. 

Top