08:26 / 30.03.2022
4343

Uzbekistan Airways Namangan va Krasnoyarsk o‘rtasida «to‘liq ekonom» rejimida parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Namangandan Krasnoyarskka parvozlar amalga oshirilishi boshlandi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qilmoqda.

Foto: Kun.uz

2022 yil 29 mart kuni «Sharqiy» hab loyihasi doirasida Uzbekistan Express Namangan – Krasnoyarsk – Namangan xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirgan

Ushbu yo‘nalishdagi muntazam aviaqatnovlar «to‘liq ekonom» formatida seshanba kunlari amalga oshiriladi.

Namangandan uchish - 17:35 (Toshkent vaqti bilan), Krasnoyarskka yetib borish - 22:50 (Krasnoyarsk vaqti bilan), Krasnoyarskdan uchish - 00:20 (Krasnoyarsk vaqti bilan), Namanganga yetib kelish - 01:55 (Toshkent vaqti bilan).

Namangan – Krasnoyarsk yo‘nalishi bo‘yicha bagaj bilan aviachipta narxi 2 388 069 so‘mdan, Namangan – Krasnoyarsk – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 433 304 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 29 mart holatiga ko‘ra amal qiladi.

Bundan oldin Toshkentdan Dehliga parvozlar soni oshirilgandi.

Top