07:23 / 31.03.2022
6201

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi noma’lum muddatga kechiktirildi

Qozog‘iston tomonidan Nukus – Beyneu va Toshkent – Olmaota yo‘nalishidagi xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovini boshlash sanasini keyingi muddatga ko‘chirilmoqda. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Ma’lum qilinishicha, bunga qo‘shni davlatda karantin cheklovlari joriy etilgani sababdir.

Mazkur qaror Qozog‘iston hududida koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Yo‘l hujjatlarini (chiptalarini) sotib olgan va foydalanilmay qolgan chiptalar puli temiryo‘l kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi yoki Qozog‘iston bilan chegara o‘tish joylarida sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilangunga qadar, keyingi sanalarga qayta rasmiylashtirib beriladi.

Bundan oldin O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l qatnovida birinchi reys 1 aprel kuni Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishida amalga oshirilishi ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top