16:06 / 01.04.2022
11437

Rossiya markaziy banki jismoniy shaxslarning boshqa davlatlarga pul jo‘natishiga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatdi 

Bir shaxs bir oy davomida Rossiya bankidagi hisobraqamidan o‘zining yoki boshqa jismoniy shaxsning xorijdagi hisobraqamiga 10 ming dollardan ortiq bo‘lmagan miqdorda pul o‘tkazishi mumkin. 

Foto: RIA Novosti

Rossiya markaziy banki jismoniy shaxslar uchun xorijga jo‘natiladigan mablag‘ miqdori bo‘yicha yangi chegarani belgiladi

Endilikda bir shaxs bir oy davomida Rossiya bankidagi hisobraqamidan o‘zining yoki boshqa jismoniy shaxsning xorijdagi hisobraqamiga 10 ming dollardan ortiq bo‘lmagan miqdorda pul o‘tkazishi mumkin.

Bankning ma’lum qilishicha, hisobraqam ochmasdan pul o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar orqali oyiga 5 ming dollardan ortiq bo‘lmagan miqdorda pul jo‘natish mumkin. 

Bu qoidalar Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamagan mamlakatlarning rezidentlari va norezidentlari hamda Rossiyada shartnoma asosida mehnat qilayotgan barcha boshqa davlatlar fuqarolari uchun amal qiladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin fevral oxirlarida Rossiyadan xorijga valuta chiqarishni cheklash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

Mavzuga oid
Top