19:35 / 01.04.2022
17377

Yevrohududda inflatsiya rekord ko‘rsatkichni tashkil etdi

Yanvarda YeIning umumiy valutaga o‘tgan 19 mamlakatida inflatsiya darajasi 5,1 foizni tashkil etgandi.

Foto: Picture Alliance

Yevrohudud mamlakatlarida inflatsiya sur’ati tezlashib, mart oyida 7,5 foizni tashkil etdi.  

Xabar qilinishicha, bu Yevropa ittifoqi statistika xizmati tomonidan qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Yanvarda YeIning umumiy valutaga o‘tgan 19 mamlakatida inflatsiya darajasi 5,1 foizni tashkil etgandi. Fevralda ushbu ko‘rsatkich 0,8 foizga, martda esa yana 1,6 foizga ko‘tarildi.

Mart oyida Yevrohududda iste’mol narxlari sezilarli darajada o‘sdi. Bunga energiya resurslari narxlari 44,7 foizga oshgani sabab bo‘ldi. 

Top