15:14 / 02.04.2022
95313

Germaniya AQSh yoki Isroilning raketaga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olishi mumkin

Ta’kidlanishicha, Germaniyada «raketaga qarshi mudofaa tizimlarini ishlab chiqish uchun vaqt ham, mablag‘ ham yo‘q». 

Foto: AP

Germaniya Rossiyaning «Iskander» raketa majmualaridan himoyalanish uchun AQSh yoki Isroildan raketaga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.  

Bundesver bosh inspektori Eberhard Tsornning so‘zlariga ko‘ra, Kaliningradda joylashtirilgan «Iskander»lar G‘arbiy Yevropaning deyarli butun hududiga yetib borishi mumkin. 

Uning qayd etishicha, Germaniyada bunday zarbadan himoyalanish uchun «ishonchli qalqon» yo‘q. 

«Hozircha bir narsa aniq: bizda raketaga qarshi mudofaa tizimlarini ishlab chiqish uchun vaqt ham, mablag‘ ham yo‘q, shu bois raketa hujumi tahdidi mavjud»,— dedi u. 

Tsorn Germaniya qaysi tizimlarni sotib olishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi. Welt am Sonntag nashrining yozishicha, gap AQShning Isroil bilan hamkorlikda ishlab chiqargan Arrow-3 raketalarga qarshi majmuasi va Amerikaning THAAD tizimi haqida bormoqda. 

Top