14:39 / 04.04.2022
20853

Atamboyev sud zalidan tez yordam mashinasida olib ketildi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti 2020 yil kuzida hokimiyatni egallashga urinish ishi bo‘yicha sudga olib kelingandi.

Foto: knews.kg

Qator jinoyat ishlarida gumonlanayotgan Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev sog‘ligi yomonlashgani sababli Bishkekdagi Pervomaysk rayon sudidan tez yordam mashinasida olib ketildi.

Atamboyev advokatlarining ma’lum qilishicha, sobiq prezident o‘zi jazo o‘tayotgan 47-sonli axloq tuzatish koloniyasiga qaytarilgan. 

Sobiq prezident bir necha oydan buyon qator ishlar bo‘yicha sud jarayonlarida qatnashmoqda. U bu safar 2020 yil kuzida hokimiyatni egallashga urinish ishi bo‘yicha sudga olib kelingandi.  

Atamboyev 2020 yil iyunda korrupsiyada aybdor deb topilib 11 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.  

Tergov hujjatiga ko‘ra, u bir guruh shaxslar bilan kriminal avtoritet Aziz Batukayevning qamoqdan ozod qilinishiga yordam bergan. 

Batukayev ishi bo‘yicha hukmdan so‘ng Atamboyev 47-sonli axloq tuzatish koloniyasiga joylashtirilgan.

Mavzuga oid
Top