15:13 / 05.04.2022
9115

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston hukumati rahbariga parlament saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

5 aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning Pokiston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Imron Xon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, rahbarlar muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, har ikki mamlakatlarning do‘st xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

2022 yil 3—4 mart kunlari Pokistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi davlat tashrifi yakunida qabul qilingan qo‘shma «yo‘l xaritasi» ijrosining borishi ko‘rib chiqildi. Eng avvalo, savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, turizm, madaniyat va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi ko‘p qirrali hamkorlik loyiha va dasturlarini o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Suhbat davomida mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Muloqot yakunida O‘zbekiston yetakchisi Pokiston hukumati rahbari va xalqiga ushbu mamlakatda bo‘lajak muhim siyosiy tadbir — parlament saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tilagan.

Top