11:59 / 06.04.2022
18318
Reklama

TIHE – tibbiyot sohasining yetakchi ko‘rgazmasi!

Foto: TIHE

«Sog‘liqni saqlash – TIHE 2022» yetakchi xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi 12 apreldan 14 aprelga qadar «O‘zekspomarkaz» MKMning markaziy pavilonlarida (№1 va 2) yana bir bor professionallarni bir maydonda jamlamoqda.

TIHE 1995 yilda Toshkentda o‘tkazilgan birinchi tibbiyot ko‘rgazmasi hisoblanadi. Soha mutaxassislari sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, tajriba almashish va eng yangi tibbiy asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan tanishishda uning katta ahamiyatga ega ekanini tasdiqlamoqda. Har yili ko‘rgazma maydoni tibbiyot sohasidagi yangiliklar, mavjud amaliyotlar va ilg‘or texnologiyalarni muhokama qilish uchun ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, dilerlar va amaliyotchilarni yig‘adi.

Bu yil ko‘rgazmada o‘z ishtirokini 15 ta davlatdan 150 ta kompaniya va brend tasdiqlagan bo‘lib, tibbiy asbob-uskunalar va texnologiyalar; dori-darmonlar; farmatsevtika sanoati uchun uskunalar va texnologiyalar; stomatologiya uchun uskunalar va texnologiyalar; laboratoriya uskunalari va sarf materiallari kabi mahsulotlarni namoyish etadilar.

Ko‘rgazmaga tashrif uchun https://bit.ly/TIHE_Kun ko‘rgazma veb-saytida ro‘yxatdan o‘ting. Bugungi kunga qadar 2500 kishi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Jarayon davom etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida bir qator ixtisoslashtirilgan seminarlarni o‘z ichiga olgan “Sog‘liqni saqlashda zamonaviy texnologiyalar” ilmiy-amaliy dasturi (12–14 aprel kunlari) o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmaning uch kuni sog‘liqni saqlash sohasiga, davlat tibbiyot muassasalarini zamonaviylashtirishga, gospitallar, shifoxonalarni jihozlashga, shuningdek, amaliyotchi shifokorlarning malakasini oshirishga ko‘maklashadigan keng turdagi mahsulotlar, uskunalar va texnologiyalarga boy samarali ko‘rgazma maydoniga aylanadi.

Tadbir tashkilotchilari – Iteca Exhibitions va uning hamkori – ICA Eurasia xalqaro ko‘rgazma kompaniyalari.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning:

Tel: + (998 71) 205 14 14

Ko‘rgazma veb-sayti: www.tihe.uz

Reklama huquqi asosida

Top