15:34 / 06.04.2022
11744

Vengriya Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lash masalasini ko‘rib chiqmoqda 

Mart oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “nodo‘st davlatlar”ga tabiiy gaz faqat rublda sotilishi ko‘zda tutilgan farmonni imzolagandi.  

Foto: Picture Alliance/DPA

Vengriya Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lanishining texnik yechimini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya "Gazprom"ga ilk to‘lov majburiyatini may oxirida bajaradi, hozir esa texnik yechim tafsilotlari ishlab chiqilmoqda.

"Vengriya elektr ta’minoti xavfdan xoli va shunday bo‘lib qoladi", - dedi u. 

31 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “nodo‘st davlatlar”ga tabiiy gaz faqat rublda sotilishi ko‘zda tutilgan farmonni imzolagandi

Farmonda aytilishicha, Rossiyadan gaz sotib olishni istagan G‘arb davlatlari Rossiya banklarida hisobraqami ochishi kerak.

Top