07:16 / 07.04.2022
11014

O‘zbekistonda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etildi

Hukumatning ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi.

Foto: Nigoh

Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilmoqda. Bu haqda “Nigoh” kanali xabar berdi.

Bosh vazir maslahatchisi – Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatildi.

Uning o‘rniga bosh vazirning Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimi kiritildi.

Ushbu lavozimga Bobir Islomov tasdiqlandi va shu munosabat bilan u Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Top