16:17 / 07.04.2022
24815

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pasaydi

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,05 so‘mga pastlab, 11 362,51 so‘mni tashkil qildi. Yevro 32,64 so‘mga pastlab, 12 376,05 so‘m bo‘ldi. Rubl 11,33 so‘mga ko‘tarilib, 147,09 so‘mga teng bo‘lib turibdi

6 aprel kuni dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pastlab, 11 370,56 so‘mni tashkil qilgandi.

Bankers.uz ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi ikki haftada o‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan 1,77 foizga (201,43) mustahkamlangan.

Mart oyidagi AQSh dollariga bo‘lgan talabning keskin oshishi Navro‘z bayrami arafasida — 18 mart kuni o‘zining cho‘qqisiga chiqdi. Markaziy bank 18 mart uchun AQSh dollari kursini 11 571,99 so‘m etib belgilagan edi. O‘shandan buyon dollarning rasmiy kursi asta-sekin pasayib bormoqda.

Milliy valuta qadrining oshishiga bir qator omillar sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Xususan, Markaziy bank I chorakda ichki bozorda 2,4 mlrd. dollarlik valuta intervensiyasini amalga oshirgan. Shuningdek, 17 mart kuni Markaziy bank asosiy stavkasi 3 punktga ko‘tarilib, 17 foiz qilib belgilandi.

Mavzuga oid
Top