16:20 / 09.04.2022
15351

Avstriya kansleri Kiyevga keldi

Karl Nehammer Bucha shahriga ham borishi rejalashtirilgan.

Foto: Reuters

Avstriya kansleri Karl Nehammer Ukrainaga tashrif buyurdi.

U Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, bosh vazir Denis Shmigal va Kiyev meri Vitaliy Klichko bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Shuningdek, Nehammer Bucha shahriga ham boradi.

"Prezident Zelenskiyning taklifiga binoan Kiyev va Buchaga tashrifim ukrain xalqi bilan birdamligimizni ko‘rsatishga xizmat qilishi lozim", - deyiladi Nehammerning bayonotida.

Avvalroq Kiyevga Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen, YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel, Slovakiya bosh vaziri Eduard Heger va qator yevroparlamentariylardan iborat delegatsiya tashrif buyurgandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top