16:12 / 11.04.2022
7120

Yevrokomissiya Rossiyaning 20ta aviakompaniyasini qora ro‘yxatga kiritdi 

Ro‘yxatdan «Aeroflot», «Pobeda», «Rossiya», Utair, Smartavia, Nord Wind, «Uralskiye Avialinii», «Sibirskiye avialinii» kabi aviakompaniyalar o‘rin oldi. 

Foto: Shutterstock

Yevrokomissiya Rossiyaning 20ta havo xavfsizligi bo‘yicha qora ro‘yxatga kiritdi. 

Ta’kidlanishicha, ushbu aviakompaniyalar samolyotlari «xalqaro xavfsizlik standartlari»ga javob bermaydi. 

Ro‘yxatdan, jumladan, quyidagi aviakompaniyalar o‘rin oldi: «Aeroflot», «Pobeda», «Rossiya», Utair, Smartavia, Nord Wind, NordStar, «Uralskiye Avialinii», «Sibirskiye avialinii». 

Qayd etilishicha, xorij samolyotlarining Rossiya reyestrida ro‘yxatga olinishi aviakompaniyalarga havo kemalaridan zarur xalqaro sertifikatlarsiz foydalanish imkonini bergan.

YeI transport masalalari bo‘yicha komissari  Adina Velyanning fikricha, bu yo‘lovchilar uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Avvalroq Bermud orollari aviatsiya hokimiyati Rossiya Federatsiyasining shu davlatda ro‘yxatga olingan 700 dan ortiq samolyotlarining parvozga yaroqlilik sertifikatlarini to‘xtatgandi.

Ushbu qarordan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin lizing asosidagi xorij samolyotlarini Rossiya aviakompaniyalari tasarrufiga o‘tkazishga ruxsat berdi.

Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 700ga yaqin samolyotni o‘z reyestriga o‘tkazgan.

Mavzuga oid
Top