18:45 / 12.04.2022
18952

Ukraina Rossiyaning 10ta kemasini musodara qildi

Qayd etilishicha, musodara qilingan kemalar davlat iqtisodiyoti va Ukraina qurolli kuchlari manfaatlari uchun xizmat qiladi. 

Foto: Reuters

Ukraina hukumati Odessa porti akvatoriyasida bo‘lib turgan Rossiyaning o‘nta kemasini musodara qildi. 

Qayd etilishicha, musodara qilingan kemalar davlat iqtisodiyoti va Ukraina qurolli kuchlari manfaatlari uchun xizmat qiladi.

Rossiyaning 8ta yuk kemasi va 2 tankeri ta’mirlash uchun Odessa portiga kelganligi aytilmoqda.

Ukraina tergov byurosining ta’kidlashicha, kemalar Rossiyaning logistika amaliyotlarida qatnashgan.

Mavzuga oid
Top