14:34 / 14.04.2022
11610

Yevrokomissiya gaz uchun rublda pul to‘lash sanksiyalar buzilishi deb hisoblanishini bildirdi 

Yevrokomissiya Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "nodo‘st mamlakatlar" Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lashi ko‘zda tutilgan farmonini yuridik tahlil qilib chiqqan. 

Foto: AFP/Getty Images

Yevrokomissiya YeI davlatlarining Rossiya talab qilganidek gaz uchun rublda pul to‘lashi Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni buzadi deb topdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, Yevrokomissiya Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "nodo‘st mamlakatlar" Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lashi ko‘zda tutilgan farmonini yuridik tahlil qilib chiqqan. 

Farmonga ko‘ra, bu mamlakatlar xorij va Rossiya valutasida ikkita hisob ochib, gaz uchun rublda pul to‘lashi lozim. Valutaning rublga konvertatsiya qilinishi va "Gazprom"ga o‘tkazilishi bilan "Gazprombank" shug‘ullanadi. 

Xulosa qilinishicha, bunday sxema nafaqat Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni buzadi, balki Rossiya uchun shartnomalarni to‘liq nazorat qilish imkonini beruvchi "yangi huquqiy tizim"ni hosil qiladi. 

Yevrokomissiya YeI Rossiya talabini bajarmasligini bildirgan. 

Rossiya gazi uchun to‘lovlarni amalga oshirishning yangi qoidalari 1 apreldan kuchga kirgan. 

Top