14:50 / 15.04.2022
12723

“Oilamizning uch a’zosidan ayrildik, endi bolam dardmand” – qo‘sh sinovga duchor bo‘lgan oilalar iztirobi 

Farzand ne’mati berilganda nechog‘li xursand bo‘lgan oilalar ularning xastaligidan shu qadar qayg‘uga tushishadi. Bugungi hikoyalar shunday qayg‘u bilan yashayotganlar hayotining bir qismini ko‘rsatib beradi. 

8 yil ichida oilamizning uch a’zosidan ayrilganmiz

Og‘abekni to‘satdan boshlangan xastalik holdan toydirgan. Jonlantirish bo‘limlaridagi muolajalardan, kimyoterapiyalardan keyin bola hayotga qaytgan.

“Bolamning ahvoli birdan og‘irlashgach, bitta buyragi ishlamay qoldi. O‘zimni yo‘qotib qo‘ydim: bu kasalga chalinganiga ishongim kelmasdi, shifokorlar gapirsayam anglamasdim.

6 yil avval turmush o‘rtog‘im jigar sirroziga chalinib vafot etgandi. 8 yil ichida qaynona-qaynotam, xo‘jayinim shu kasallikdan ketma-ket o‘tib ketishdi. Faqat shu bolalarim uchun yashayapman”, – deydi bemorning onasi Hamida Umarova.

Hamida hozir farzandlari bilan ota-onasining qaramog‘ida yashaydi. O‘g‘lidagi dard parvarishtalab bo‘lgani uchun biror joyda ishlashning imkoni yo‘q.

Og‘abek No‘’monovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0424 2528 9815 onasi Hamida Umarova nomida

Humo: 9860 0803 8912 2781 onasi Hamida Umarova nomida 

Bu dard boy-kambag‘alga ajratmas ekan

Samarqandlik Umrzoq Umarov 6 nafar farzandning otasi. Ularning biri – Nurmuhammad hozir oqqon tashxisi bilan davolanmoqda.

“Shifokorlardan o‘g‘limning kasalligi haqida eshitganimda oyog‘imgacha muzlab ketdim. Mashinamni sotdim, hamma mablag‘imni to‘pladim va davolatishga kirishdim.

Bu dard shunaqa ekanki, boy-kambag‘alga ajratmaskan. Ota sifatida shuni aytmoqchiman: hech kimni farzandi bilan sinamasin ekan”, – deydi qalb iztiroblari yuzida aks etayotgan ota.

Nurmuhammadning 5 jigari Samarqandda qolgan. Bola tezroq sog‘ayishni va yaqinlari, oilasi bag‘riga qaytishni orzu qilyapti.

Nurmuhammad A’zamovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0609 1073 8732 otasi Umrzoq Umarov nomida

Humo: 9860 0101 0233 8570 otasi Umrzoq Umarov nomida 

Bir yil avval otasi vafot etgandi, endi o‘g‘lim oqqonga chalindi

Maqsuda Bobojonovaning turmush o‘rtog‘i surunkali buyrak yetishmovchiligi sabab bundan bir yil avval vafot etgan. Ammo uning taqdirida yana bir sinov bor ekanki, ko‘p o‘tmay farzandi ham shu kabi og‘ir xastalikka chalindi.

“17 yoshli o‘g‘lim oqqonga chalindi. Kompyuter texnologiyasiga qiziqib, shu yo‘nalishda tinimsiz o‘qib yurgan bola edi. Hammasini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Yolg‘iz onaman, ota-onam bilan birga yashaymiz”, – deydi bemorning onasi. Xushnudbek hali yana hammasi avvalgidek bo‘lishini, intilishdan to‘xtamasligini, sog‘ayib, albatta, orzularini amalga oshirishini aytdi. Yigitchaning shijoatini ko‘rib, orzulari amalga oshishini so‘rab qolamiz. 

Xushnudbek Ilhomboyevga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0604 3251 1245 onasi Maqsuda Bobojonova nomida 

Eng og‘iri xasta farzandning ko‘ziga qarash

Ne’matjon tug‘ilgandayoq boshqa bir nuqson – ko‘zi ojizlik bilan tug‘ilgan edi. Uning ko‘zlariga nur bag‘ishlash uchun qilingan sa’y-harakatlar samarasiz qolmay, ko‘zlari ko‘ra boshlaganda boshqa dardga yo‘liqdi.

“Hozir ko‘zlari nisbatan ko‘radi, ko‘zi ojizlar maktabida o‘qiyapti. Nevaram bir yarim yildan beri oqqon kasalligidan davolanmoqda. Ko‘zi ojiz tug‘ilgan, 2-guruh nogironi. Dunyoda eng yomoni xasta farzandning ko‘ziga qarash ekan”, – deydi buvisi Sanobar Jo‘rayeva.

Ne’matjon ingliz tilini o‘rganishga, rasmlar chizishga qiziqadi. Ota-onasi va buvisining orzularini ro‘yobga chiqarishni xohlaydi. Bu yo‘lda unga yaxshilar ko‘magi zarur.

Ne’matjon Ahliddinovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0417 9988 3369 buvisi Sanobar Jo‘rayeva nomida 

Bu xasta bolalarning beg‘ubor orzulari bir olam. Shu orzular ushalishi yo‘lida, bemorlarning sihat topishi uchun saxovat ulashishni niyat qilganlar barcha niyatlari ijobatini ko‘rishlari shubhasizdir.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top