07:40 / 16.04.2022
11535

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi

O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan. 

2022 yil 13 mart holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 72 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 85 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 2 500 – 8 000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 2 000 – 6 000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 1 000 – 6 000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 7 000 – 14 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 4 500 – 20 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 14 000 – 26 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 8 600 – 14 000 so‘m.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mavzuga oid
Top