20:42 / 19.04.2022
10417

Aliyev Armaniston bilan munosabatlarni yaxshilashdagi burilish nuqtasi haqida gapirdi

Ozarboyjon rahbari mamlakat chegara komissiyalari va tinchlik kelishuvi bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish ustida ish boshlashga tayyorligini ta’kidladi. 

Foto: Reuters

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan munosabatlarni yaxshilash uchun Boku ilgari surgan besh tamoyilning Yerevan tomonidan qabul qilinishini burilish nuqtasi deb atadi.

"Umuman olganda, Bryusseldagi uchrashuv natijalarini ijobiy deb baholayman. Bu haqda 12 aprel kuni jamoatchilikka ma’lum qilgandim. Ertasiga Armaniston bosh vaziri ham Armaniston Ozarboyjon ilgari surgan besh tamoyilni qabul qilgani haqida ochiq gapirdi. Darhaqiqat, bu jarayondagi yana bir burilish oni hisoblanadi", - dedi Aliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi har ikki tomonning rasmiy bayonotlaridan so‘ng Boku va Yerevan o‘z sa’y-harakatlari jiddiyligini isbotlashi lozim.

Ozarboyjon rahbari mamlakat chegara komissiyalari va tinchlik kelishuvi bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish ustida ish boshlashga tayyorligini ta’kidladi. 

"Bu jarayonni davom ettirishimiz va har ikki tomon kelishuvga rioya qilishi muhim", - dedi Aliyev.

Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan 6 aprel kuni Bryusselda muzokaralar o‘tkazdi. Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel Boku va Yerevan ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik shartnomasi tayyorlashga kelishib olganini ma’lum qildi

Mavzuga oid
Top