08:45 / 19.04.2022
4850

Buxorolik otaxonlar Toshkentga piyoda borishdi

Ular 600 kilometr yo‘lni 18 kunda bosib o‘tishgan.

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi

Sportni rivojlantirish vazirligining xabar berishicha, Vobkent tumanida yashovi Ahmad va G‘ulom Hojiyevlar 600 kilometr masofani piyoda bosib o‘tishni reja qilishgan. Ular 2022 yil 1 aprel kuni Vobkent tumani markazida joylashgan minor oldidan yo‘lga chiqishgan.

Otaxonlar 18 aprel kuni belgilangan masofani ortda qoldirgan holda Toshkent shahriga yetib borishgan.

Ahmad va G‘ulom Hojiyevlar poytaxtdagi “Humo arena” majmuasida Toshkent shahar Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tantanali kutib olingan. 

Top