21:06 / 21.04.2022
77320

21-mehribonlik uyida bolalar norozilik namoyishi uyushtirdi – vazirlik munosabat bildirdi 

Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari xodimlardan biriga e’tiroz bildirgan. Xalq ta’limi vazirligi hozir muassasada holat yaxshi ekanini bildirdi. 

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 21-sonli mehribonlik uyi bolalari yig‘ilib panjara ortidan “Keting” deb baqirgan videolar tarqaldi. Videolardan birida bolalar muassasa hamshirasi Klara opadan norozi ekanini, bu xodim ular bilan qo‘pol muomalada bo‘lishini aytishgan.

Xalq ta’limi vazirligi holatga munosabat bildirdi.

“Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan ushbu muassasaga Vazirlar Mahkamasining mutasaddilari, Bolalar bo‘yicha ombudsman, Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati, Toshkent shahar hokimi, Milliy gvardiya, shahar prokuraturasi va tegishli mutasaddilar muassasaga kelgan holda vaziyatni o‘rgandilar.

O‘rganilganda muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan xodimlardan biriga nisbatan e’tiroz kayfiyati shakllangani aniqlandi”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Qayd etilishicha, hozir mehribonlik uyida muhit barqaror, tarbiyalanuvchilar kun tartibi bo‘yicha shug‘ullanmoqdalar, vaziyat nazoratga olingan.

Top