15:28 / 22.04.2022
10199

“Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida soxta eksponatlar aniqlandi

Kirim kitobi tavsifnomalariga muzeydagi 101 ta ashyoning o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri mos kelmagan.

Foto: Madaniy meros agentligi

Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi va Madaniy meros agentligi “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘rganish ishlarini olib borganda, muzey ashyolarida kamchiliklar aniqlangan, deb xabar bermoqda agentlik.

O‘rganishlarga ko‘ra, ayrim ashyolarning tavsiflariga o‘zgartirishlar kiritilganini asoslovchi hujjatlar topilmagan.

Noyob ashyolar ro‘yxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, jami 101 ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlangan.

“O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xat-hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi”, – deyilgan agentlik xabarida.

Mavzuga oid
Top