11:19 / 22.04.2022
1627

«Ichon qal’a» muzeyidagi eksponatlarning bir qismi soxtaligi aniqlandi 

Xiva shahridagi davlat muzey-qo‘riqxonasida olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida 101 ta eksponat soxta ekani aniqlangan.

Foto: Madaniy meros agentligi

Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan «Ichon qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘rganish ishlari olib borilgan. Unda bir qator kamchilik va muammolar aniqlangan

Xususan, ayrim ashyolarning tavsiflariga o‘zgartirish kiritilgani yuzasidan asoslovchi hujjatlar yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. 

Shuningdek, noyob ashyolar ro‘yxatiga kiritilgan eksponatlar xatlovdan o‘tkazilgan. Uning natijasiga ko‘ra, 101 ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlangan.

Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Top