16:40 / 26.04.2022
8402

Erdo‘g‘an yana bir bor Putinga Zelenskiy bilan Istanbulda uchrashishni taklif qildi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Ukrainada mustahkam tinchlik o‘rnatilishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishda davom etishini aytdi. 

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti davomida u va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv tashkil etish taklifini bildirdi.

"Prezident Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina o‘rtasida rahbarlar darajasida muhim bosqich bo‘lgan Istanbul jarayonini tashkil etish taklifini yana bir bor takrorladi", - deyiladi Turkiya prezidenti devonxonasi xabarida.

Erdo‘g‘an shuningdek, Anqara Ukrainada mustahkam tinchlik o‘rnatilishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishda davom etishini aytdi.

Turkiya prezidenti Ukraina va Rossiya delegatsiyalari maslahatlashuvlarida ijobiy natijaga erishilganini qayd etdi.

Aprel boshlarida Erdo‘g‘an Putin bilan telefon orqali suhbatlashgan, Turkiya Rossiya va Ukraina rahbarlarining uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini bildirgandi

Top