15:35 / 26.04.2022
9286

Polsha Rossiya gazidan to‘liq voz kechishga tayyorligini bildirdi

Ma’lumot berilishicha, Polsha gaz omborlari yuqori darajada to‘ldirilgan.

Foto: Andrey Rudakov/Bloomberg

Varshava mamlakat energetika sektori faoliyatini Rossiya gazidan foydalanmasdan to‘liq ta’minlashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Forsal sayti xabar berdi.

Polshaning Gaz-System gaz tarmoqlari operatori rahbari Tomash Stempen mamlakat gaz tizimi sharqiy yo‘nalishdan gaz olishni to‘xtatishga tayyorligini aytdi. 

"Polsha gaz tizimi sharqdan keladigan barcha yo‘llarni iste’molchilarga yetkazib berishni cheklamagan holda yopishga tayyor", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz omborlari yuqori darajada to‘ldirilgan. 

"Har kuni katta hajmda gaz qo‘shyapmiz. Omborlar qariyb 80 foizga to‘lib bo‘ldi", - deya qo‘shimcha qildi Stempen.

Top