07:20 / 28.04.2022
4439

Andijonda 4 balli yer silkinishi sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 03:28 da yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Episentr: Andijon viloyati, Xonobod tumani. Zilzila koordinatalari: 40,79 gradus shimoliy kenglik; 73,06 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,1. Chuqurlik 15 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 327 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi:

  • Xonobod tumanida 4 ball, 2 km;
  • Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 ball, 16 km;
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 37 km;
  • Xo‘jaobod tumanida 2 ball, 44 km.
Top