22:27 / 28.04.2022
17949

Guterrish Zelenskiy bilan Mariupol masalasini muhokama qildi

Antoniu Guterrish Mariupoldagi vaziyatni inqiroz ichidagi inqiroz deb atadi.

Foto: UNIAN

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir  Zelenskiy bilan Mariupoldan aholini evakuatsiya qilish masalasini muhokama qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya jarayonini voqelikka aylantirish bo‘yicha faol muhokama bo‘lib o‘tgan.

"Biz "Azovstal"dan odamlarni evakuatsiya qilish uchun bor imkoniyatlarni ishga solamiz", -  dedi u.

Guterrish Mariupoldagi vaziyatni inqiroz ichidagi inqiroz deb atadi.

Avvalroq Guterrish Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgandi.

Top