09:25 / 28.04.2022
11885

Samarqandda xorijlik sayyohni haqorat qilgan mehmonxona xodimi 10 sutkaga qamaldi

Samarqandda xorijlik sayyohning sha’n va qadr-qimmatini kamsitgan mehmonxona xodimi jazolandi.

Foto: Kun.uz

Bosh prokuraturaga tarixiy obidalar bilan tanishish uchun kelgan xorijlik sayyoh, IT sohasi bo‘yicha mutaxassis V.K. murojaat qildi, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, u Samarqand shahrida joylashgan mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U. uni haqorat qilib, sha’n va qadr-qimmatini kamsitganini ko‘rsatgan va qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha, mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U.ning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi aniqlanib, to‘plangan hujjatlar sudga taqdim qilingan.

Sudning joriy yil 22 apreldagi qarori bilan huquqbuzarlik sodir etgan A.U.ga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, javobgarlik muqarrarligi ta’minlandi hamda xorijlik sayyohning huquqlari tiklandi.

Top